15-oktabr kuni UDEA universitetida Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Timoti Smart boshchiligidagi yuqori darajadagi delegatsiya qabul qilindi. Tashrif chog‘ida delegatsiya universitetimiz ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishib, hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.
Delegatsiya universitetimizdagi o‘quv jarayonlari va ilmiy ishlanmalarning sifatini yuqori baholadi.
Mazkur tashrif universitetimizning xalqaro aloqalarini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.