UDEA

UDEA’da Ochiq eshiklar kuni va Grant sohiblarini taqdirlash marosimi

Bugun UDEA’da ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi! Tadbir davomida talabalar va abituriyentlar universitet hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shuningdek, Agrobank tomonidan berilgan 4 yillik moliyalashtirilgan grant sohiblari tantanali ravishda taqdirlandi.

Tadbir davomida Jamshidxon Ziyoxonov o‘quvchilar bilan qiziqarli suhbat o‘tkazdi. Shuningdek, campus tour, coffee break va boshqa interaktiv mashg’ulotlar ham tashkil etildi.

Bu kun nafaqat yangi bilimlar, balki ilhom va motivatsiya manbai bo‘ldi! Kelajagingizni UDEA bilan barpo eting!
UDEA – Biz yorqin kelajakka yo‘llanma beramiz!