
Bugun UDEA’da muhim kunlardan biri bo‘lib o‘tdi — 4 yil uchun to‘liq moliyalashtirilgan grant sohiblari tantanali ravishda taqdirlandi!
Bu grant UDEA talabalari uchun Buyuk Britaniyaning top 13 talikka kiruvchi universitetlaridan biri Coventry University dasturlarida 4 yil bepul o‘qib to‘g‘ridan-to‘g‘ri Angliya diplomini olishga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, talabalar faqatgina grantlar bilan cheklanibgina qolmay, balki shinam yotoqxona va ish haqi to‘lanadigan amaliyot o‘tash imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.
G‘oliblarimizni chin yurakdan tabriklaymiz! Sizlarning qattiq mehnatingiz va oldingizga qo‘ygan maqsadlaringiz bu yutuqqa yetakladi. Endi esa oldinda yanada katta imkoniyatlar va yorqin kelajak sizlarni kutib turibdi!
Shoshiling grantlar soni oz qoldi!