UDEA

“Agrobank” ATB tomonidan 4 yillik to‘liq moliyalashtirilgan grant sohiblari taqdirlandi

2025‑yil 29‑iyul kuni “Agrobank” bosh ofisida UDEA’da o‘qish uchun 4 yil davomida 100 % moliyalashtiriladigan 200 ta grant g‘oliblarini tantanali ravishda sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Grantlar iqtidorli yoshlarni qo‘llab‑quvvatlash va ularga xalqaro darajadagi ta’lim eshigini ochish maqsadida Agrobank tomonidan taqdim etildi.
Grant sohiblariga 4 yil davomida kontrakt to‘lovi to‘liq hamda turar-joy xarajatlari qoplab beriladi. Shuningdek, barcha grant sohiblari o‘qish davrida ish haqi to‘lanadigan amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Nega aynan UDEA?
UDEA — IT, moliya, menejment va biznes yo‘nalishlarida amaliyotga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim beradi. Talabalar uchun:

  • Grant va stipendiyalar;
  • Ish haqi to‘lanadigan amaliyot;
  • Start‑up inkubator va karyera markazi.

E’tiborlisi, UDEA Buyuk Britaniyaning nufuzli Coventry University bilan to‘g‘ridan‑to‘g‘ri hamkorlik qiladi. Koventri Universiti:
Coventry University dunyoda TOP‑600 talikka, Yevropada TOP‑60 talikka, Buyuk Britaniyada

  • TOP‑15 talikka kirgan;
  • Ta’lim sifati bo‘yicha TEF Gold mukofotiga sohibi;
  • UDEA talabalari O‘zbekistonda o‘qib xalqaro tan olingan Britaniya diplomini qo‘lga kiritishadi.

Umid qilamizki, ushbu grant sohiblari yaratilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanib, kelajakda mamlakatimiz ravnaqiga bilim va g‘ayratlari bilan o‘z xissalarini qo‘shishadi.

toto 4d

situs toto

poker online

toto slot

toto slot

slot88