UDEA

Xalqaro alaoqalarni kuchaytirish sari yana bir qadam

30-iyul kuni Coventry universitetining asosiy hamkorlaridan biri Softwarica College of IT and eCommerce (Nepal) dan janob Bigyan Shrestha va janob Poudel Pramod o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash uchun Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetiga (UDEA) tashrif buyurishdi.

Softwarika Nepalning texnologik ta’lim sohasidagi yetakchi muassasalaridan biri bo‘lib, Buyuk Britaniyada tan olingan, kompyuter, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va ma’lumotlar fanlari bo‘yicha real ko‘nikmalar va innovatsiyalarga yo‘naltirilgan darajalarni taklif etadi.

Ushbu yangi hamkorlik UDEA xalqaro hamkorligini kengaytirishda muhim qadam bo‘lib, nafaqat IT, balki raqamli iqtisodiyot va ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalar, akademik almashinuv va hamkorlikdagi o‘sish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.