
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitet talabalari «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida tashkil etilgan, «Milliy qadriyatlar sayli» tadbirida faol qatnashish maqsadida Adiblar hiyoboniga tashrif buyurishdi.
Adiblar xiyobonida 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpog’iston Respublikasi madaniyatlari, ularning milliy taomlari, milliy kiyimlari va urf-odatlari tarannum etildi. Talabalarimiz har bir viloyat urf- odatlari bilan yaqindan tanishdilar, yangi do’stlar orttirdilar.