
Universitetimiz professor-o‘qituvchilari va talabalari madaniyatimiz va milliy qadriyatlarimizni yanada chuqurroq anglash maqsadida bir qator yurtimizdagi muhim madaniy joylarga tashrif buyurdi. Ushbu tashrifda ular O‘zbek Milliy drama teatri va Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrlaridagi spektakllarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu teatrlar orqali milliy teatr san’atining boy tarixi va zamonaviy ijod namunasini bilib olishga urinishdi.
Shuningdek, talabalar Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga ham tashrif buyurib, yurtimizning buyuk davlat va jamiyat arbobi hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ma’lumot va ma’naviy boylikni yanada oshirish maqsadida, talabalar “Toshkent” milliy qadriyatlar shaharchasiga, Amaliy san’at muzeyiga ham borib, bizning milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz va milliy buyumlarimiz hamda milliy va zamonaviy san’at asarlarini ko‘rib chiqish imkoniyati yaratildi.
Bundan tashqari, “G‘alaba bog‘i”ga tashrif buyurib, davlatimiz mustaqilligi va tinchligi uchun qurbon bo‘lganlarni yod etdilar, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi mafkuraviy va ma’naviy qiymatlarni yanada yaxshiroq angladilar.
Ushbu madaniy-ma’rifiy tashriflar talabalar uchun nafaqat bilimlarni boyitish, balki milliy ma’naviyat va madaniyatimizga bo‘lgan muhabbatni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.