
Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilning 29-sentyabr kuni Universitetda “1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan talaba va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi. Raqiblari bilan kurash olib borgan professor-o‘qituvchilar shaxmat o‘yinlari juda xilma-xilligini va bir qarashda ko‘rinadigan darajada sodda emasligini ko‘rsatdilar. O‘yin katta qiziqish uyg‘otdi. Hayajonni yengib, har bir ishtirokchi g‘alaba qozonishga intildi. Qizg‘in kurashga boy o‘tgan bellashuvning yakuniy natijalariga ko‘ra sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida 3-o‘rin bilan Ziyodullayev Timur, 2-o‘rin bilan Toxirov Abdulaziz, faxrli 1-o‘rin bilan esa Raqamli iqtisodiyot fakulteti talabasi Rajabov Azizbek taqdirlandi. G‘oliblar Universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. O‘tkazilgan tadbirda jami 30 nafar talaba va 6 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Bunday tadbirlar, o‘z navbatida, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismonan baquvvat va ma’nan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etishga xizmat qiladi. Shuningdek, qo‘mita tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, o‘zaro hamjihatlik, birdamlik va do‘stona muhit orqali mehnat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgani bilan ham muhim ahamiyatga ega.