
Yangi o‘quv yilining eng qiziqarli tadbirlaridan biri — “Klublar Yarmarkasi – 2025” talabalarimiz uchun esda qolarli tarzda tashkil etildi.
Yarmarkada klublarimizning faol koordinator talabalari yangi qabul qilingan yoshlar va tengdoshlariga o’zlari faoliyat olib boradigan klublar haqida ma’lumot berishdi, qiziqish bildirganlarning barchasini jamoalariga taklif qilishdi. Tadbir davomida barcha klublarimiz o’z saflarini kengaytirib, yangi rejalar bilan ishlashga tayyorlanishdi.
Bu jarayonlar UDEA klublari hamjamiyatini yanada kengaytirmoqda, shuningdek talabalarda nafaqat yangi klublarga qiziqish uyg‘otadi, balki talabalar o’rtasidagi do‘stlik va ijodiy muhitni kuchaytirishga xizmat qilishi ham shubhasizdir.