UDEA

“Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” va “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida davra suhbati

Joriy yil 23- oktabrda Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” va “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, talabalar, ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirok etishdi hamda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Arab tili va adabiyoti AL Azhar” kafedrasi dotsenti Shukurov Yorqin Alidjanovich mehmon sifatida taklif etildi.

Shukurov Yorqin Alidjanovich o‘z ma’ruzasida jamiyatda ma’naviy immunitetni shakllantirish, yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, vatanparvarlik, bag‘rikenglik va insonparvarlik g‘oyalarini mustahkamlash masalalari, “Ma’rifat — jaholatni yenguvchi eng kuchli quroldir” degan fikrlarni ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuv yakunida barcha ishtirokchilarga kitob o‘qishga, ilm va tafakkur bilan yuksalishga, shuningdek, insonparvarlik tamoyillarini hayotga tatbiq etishga chaqiriqlar yangradi.

At the conclusion of the meeting, all participants were encouraged to read more books, seek knowledge and intellectual growth, and embody the principles of humanism in their daily lives.This meeting served as an important spiritual lesson for students and participants, reinforcing in their hearts the values of patriotism, justice, tolerance, respect for human rights, and living through enlightenment.