UDEA

UDEA talabasi Ziyayeva Aziza “Ilm-fan iftixori” ko‘krak nishoni sohibasi

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti talabasi Ziyayeva Aziza tomonidan “Scientific Publication” ilmiy matbuot markaziga taqdim etilgan “Yoshlar tadbirkorligi va yetakchilik salohiyatini rivojlantirishda biznes boshqaruvining o‘rni” mavzusidagi ilmiy maqola Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida faoliyat yuritayotgan ilmiy ekspertlar tomonidan yuqori baholandi. Aziza Ziyayeva o‘z ilmiy izlanishlari, fidoyiligi va faolligi bilan “Ilm-fan iftixori” nominatsiyasi doirasida ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bugungi kunda ayollarning ilm-fan, biznes va yetakchilik sohalaridagi faol ishtiroki jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biriga aylanmoqda. Azizaning bunday yutug‘i esa yosh ayollar salohiyati, ularning kuch-qudrati va yangi avlod yetakchilari sifatidagi o‘rni qay darajada muhim ekanini yana bir bor namoyon etadi.

Talabamizni ushbu yuksak muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz! Kelajakdagi ilmiy izlanishlarida yanada katta zafarlar, yangi g‘oyalar va ulkan muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lishini tilaymiz. Ilm yo‘lida dadil qadam tashlashdan va o‘z orzungiz sari intilishdan hech qachon to‘xtamang!