UDEA

UDEA’da “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi

UDEAda yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi, ongli qaror qabul qilish madaniyatini shakllantirish hamda giyohvandlikning zararli oqibatlari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor iqtisod fanlari doktori Sh. Aktamov, fakultet dekanlari va mas’ul xodimlar ishtirok etib, mavzu bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir davomida:
• giyohvandlikning ruhiy va jismoniy salomatlikka salbiy ta’siri;
• yoshlar orasida uchrayotgan xavfli tendensiyalar;
• ularning oldini olish bo‘yicha zarur choralar kabi masalalar keng yoritildi hamda profilaktika bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqildi.

Yig‘ilish yakunida yoshlarimizning hushyorligini oshirish, salbiy illatlardan yiroq bo‘lish va sog‘lom hayot tarzini tanlash borasida tavsiyalar ishlab chiqildi.

UDEA — Biz yorqin kelajakka yo‘llanma beramiz!