UDEA

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida yoshlar o‘rtasidagi dolzarb — “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi

Yig‘ilishda yoshlar orasida ongli hayot tarzi, sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirish, giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida chuqur mulohazalar olib borildi. Unda Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Dr. Sherzod Aktamov va fakultet dekanlari, shuningdek, qolgan mas’ul shaxslar ham ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Mavzu doirasida giyohvandlikning ruhiy va jismoniy salomatlikka ta’siri, uning oqibatlari, yoshlar orasida uchrayotgan xavfli holatlar va ularni oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish rejasi tuzildi.

Ushbu yig‘ilish yoshlarda hushyorlikni kuchaytirish, salbiy illatlardan o‘zini asrash va sog‘lom hayot tarzini shakllantirishga qaratilgan muhim masalalarga yechim bera oldi.