UDEA

Bugun ilm-fan dunyosida yangi imkoniyatlar sari qadam qo’ydik!

     Bugun UDEA’da, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi a’zosi, iqtisod fanlari doktori, akademik G‘ulomov Saidahror Saidaxmedovich ishtirokida “Raqamli iqtisodiyotning dolzarb muammolari va zamonaviy yutuqlari” mavzusida davra suhbati bo’lib o‘tdi.

     Tadbirda akademik Saidahror G‘ulomov zamonaviy ilm-fan yutuqlari, yangi kashfiyotlar va raqamli iqtisodiyotning kelajagi haqida o‘z bilimlarini o‘rtoqlashdi.

     Yoshlarimiz zamonaviy ilm-fan yutuqlari va raqamli iqtisodiyotning yangi imkoniyatlari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘z bilimlarini boyitdi. Bu esa ularning ilm-fan sohasida izlanish olib borishga va raqamli iqtisodiyotda o‘z o‘rnini topishga qiziqishini kuchaytiradi degan umiddamiz.