UDEA

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida “Yil talabasi” ko‘rik tanlovi 2025-yilgi mavsumining universitet bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda turli yo‘nalishlarda faol, tashabbuskor, iqtidorli va o‘z sohasida yuqori natijalarga erishayotgan talabalar o‘z mahorat va yutuqlarini namoyish etishdi. Har bir ishtirokchi o‘zining bilim darajasi, ijtimoiy faolligi, ijodiy ishlari hamda yutuqlari bilan baholandi.

Mazkur tanlov nafaqat talabalarning faoliyatini sarhisob qilish, balki ularga yangi marralar sari yanada ruhiy ko‘tarinkilik berish, yoshlarni rag‘batlantirish va universitetda sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirishga xizmat qildi.

Tanlovning yakuniy natijalari bilan tarnishing:

1. “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi

  • 1-o‘rin – Yaxshiyev Mirshod Shamshod o‘g‘li (Biznes fakulteti)
  • 2-o‘rin – Soliyev Firdavs Nodir o‘g‘li (Biznes fakulteti)

2. “Yilning eng faol targ’ibotchi talabasi” nominatsiyasi

  • 1-o‘rin – Soliyev Nurmuhammad Rahimjon o‘g‘li (Raqamli iqtisodiyot fakulteti)
  • 2-o‘rin – Manobov Botirxon Mansur o‘g‘li (Raqamli iqtisodiyot fakulteti)

3. “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi

  • 1-o‘rin – Mamarajabov Ozodbek G‘ofur o‘g‘li (Biznes fakulteti)

4. “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi

  • 1-o‘rin – Ziyayeva Aziza Ulug‘bek qizi (Biznes fakulteti)