UDEA

UDEA’da talabalar faolligini oshirishga qaratilgan debat musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida talabalar faolligini oshirish, ularning mustaqil fikrlash, tahlil qilish va muloqot madaniyatini rivojlantirish maqsadida navbatdagi debat musobaqasi o‘tkazildi. Galdagi bahs “Shaharlarda jamoat transportidan foydalanish shaxsiy avtomobillarga nisbatan samaraliroq va ustunroq” mavzusi atrofida kechdi.

Debat davomida talaba-yoshlar o‘z fikr-mulohazalarini aniq dalillar, tahliliy yondashuv va faktlar bilan boyitgan holda taqdim etishdi. Har ikki jamoa — “Inkor” va “Tasdiq” — mavzuni turli nuqtayi nazarlardan yoritib, shahar infratuzilmasi, ekologiya, qulaylik, iqtisodiylik hamda transport boshqaruvi kabi yo‘nalishlarda fikrlar bildirishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra “Inkor” jamoasi mavzuga oid asosli chiqishlari bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bunday intellektual tadbirlar talabalar fikrlash doirasini kengaytirish, jamoaviy ishlash ko‘nikmasini mustahkamlash va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda.