UDEA

Universitetimiz talabalarida tarixiy xotira va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga qaratilgan ma’rifiy tashriflar amalga oshirildi

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti talabalari bilan tarixiy xotirani asrash, vatanparvarlik va milliy o‘zlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida bir qator ekskursiyalar tashkil etildi.

Talabalar Shahidlar xiyoboni hududida joylashgan “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurib, mustabid tuzum davrida begunoh qurbon bo‘lgan vatandoshlarimizning hayoti va fojeali taqdiri, tariximizning og‘riqli sahifalariga oid muhim hujjatlar va eksponatlarhaqida ma’lumotlar olishdi.

Shuningdek, ular “G‘alaba bog‘i” hamda “Shon-sharaf” muzeyiga qilingan ekskursiyalar davomida Ikkinchi jahon urushi yillariga oid tarixiy ma’lumotlar, harbiy eksponatlar, jasorat namunalarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar. Muzeydagi interaktiv bo‘limlar, arxiv hujjatlari va tarixiy buyumlar yoshlarimizga o‘sha davr voqealarini yanada chuqurroq his etish imkonini berdi.

Ushbu tashriflar talabalarda Vatan himoyachilariga hurmat, ajdodlarimizning jasoratini qadrlash, mustaqillik va tinchlikning qadriga yetish, tarixiy xotirani asrab-avaylash tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.