Kurs haqida:
Amerika Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Eksport nazorati va iqtisodiy sanksiyalar sharoitida komplayens masalalari” mavzusidagi qisqa muddatli kurs ilk bor O‘zbekiston bank sektori rahbar xodimlari uchun tashkil qilinmoqda.
Mazkur qisqa muddatli kurs tinglovchilarga AQSh misolida xalqaro savdoni tartibga soluvchi qonun-qoidalar to‘g‘risida chuqur tushunchalarni taqdim etishga qaratilgan. Soha mutaxassislari tomonidan olib boriladigan ushbu dastur, Yuriduk va jismoniy shaxslarni eksport nazorati va iqtisodiy sanktsiyalar sharoitida zarur bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlashni maqsad qilgan.
Kurs tinglovchilari nazorat qilinadigan mahsulotolarning, shuningdek, ularning litsienziya va muvifiqlik talablariga amal qilinishi hamda eksport nazoratining asosiy tamoyillarini o‘rganishadi. Bundan tashqari, iqtisodiy sanksiyalar, ularning qo‘llanilish sabablari va uning xalqaro savdoga ta’sirti haqida aniq tushunchalarga ega bo‘lishadi.
O‘z sohangizda professional mutaxassis bo‘lish uchun ushbu imkoniyatdan foydalaning.
Mazkur qisqa muddatli kurslarimiz bilan kelajagingizni bugundan shakllantirishni boshlang!