Buyuk mutafakkirlarimiz Mir Alisher Navoiy hamda
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi
davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirning faxriy
mehmoni — filologiya fanlari nomzodi, dotsent, “Bolalar adabiyoti” darsligi
muallifi, bir qator o‘quv qo‘llanmalar va ilmiy maqolalar muallifi, hozirda
bolalar adabiyotini o‘qitish metodikasini takomillashtirish mavzusida doktorlik
ilmiy ishi ustida izlanishlar olib borayotgan Mirzayeva Nigora Bozorovna
bo‘ldi.
Davra suhbati davomida Mir Alisher Navoiy va
Zahiriddin Muhammad Bobur ijodining milliy adabiyotimiz taraqqiyotidagi o‘rni,
ularning asarlarida aks etgan ma’naviy qadriyatlar, komil inson g‘oyasi hamda
bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati yuzasidan mazmunli fikr-mulohazalar
bildirildi.
Shuningdek, talaba-yoshlar tomonidan qiziqarli
savollar berilib, mehmon tomonidan atroflicha va samimiy javoblar taqdim
etildi. Tadbir ishtirokchilarda adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirib,
mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.
Ushbu ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv yoshlarning ilmiy va
ijodiy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.







