
Universitetimiz talabalari tomonidan mazkur mavzuda
sahna ko‘rinishi namoyish etildi.
Taqdim etilgan sahna asari orqali giyohvandlikning
inson hayoti, taqdiri va kelajagiga yetkazadigan og‘ir oqibatlari ta’sirchan
tarzda yoritib berildi. Talabalar o‘z ijrolari bilan nafaqat aktyorlik
mahoratini, balki jamiyatdagi dolzarb muammolarga befarq emasliklarini ham
ko‘rsatdilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar yoshlar ongida
sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, zararli illatlarga nisbatan qat’iy
munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.