
Bugun Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida Yoshlar kuni doirasida universitet rahbariyati hamda talaba-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot — “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Prezidentimiz tashabbuslari bilan yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning ta’lim olishi, kasbiy rivojlanishi va ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar haqida fikr almashildi. Shuningdek, universitetimiz tomonidan talabalarning bilim va malakasini oshirish maqsadida yo‘lga qo‘yilayotgan yangi xalqaro hamkorlik loyihalari hamda tajriba almashish dasturlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Muloqot jarayonida talabalar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirish, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Universitet rahbariyati tomonidan bildirilgan fikr va takliflar o‘rganilib, talabalarning savollariga batafsil javoblar berildi.
Mazkur uchrashuv talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotni kuchaytirish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda universitet hayotida faol ishtirok etishlarini rag‘batlantirishga xizmat qildi.