
UDEA jamoasi “Sen kuchlisan” loyihasi bolajonlari bilan iliq va unutilmas uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbir davomida bolalar uchun bayramona muhit yaratilib, qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi, kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etildi. Eng e’tiborlisi, bolajonlar o‘z iqtidorlarini namoyon etib, yig‘ilganlarga samimiy kayfiyat ulashdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bolalarning ruhiyatini ko‘tarish, ularga e’tibor va quvonch baxsh etish. Shu bilan birga, bu lahzalar UDEA jamoasi uchun ham hayotga boshqacha nigoh bilan qarash, insoniylikning haqiqiy qadriyatlarini his etish imkonini berdi.
Bunday uchrashuvlar jamiyatda mehr-oqibat va e’tibor madaniyatini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mehr ulashish – kichik harakat bilan katta baxt yaratishdir!

