
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida yuqori natijalarga erishib, o‘z bilim va salohiyati bilan ajralib turgan talaba-yoshlar davlat stipendiyalari bilan taqdirlandi.
Raximova Lobar — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi;
Ozodova Feruzabonu — Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi.
Tadbir davomida so'zga chiqqan universitetimiz rektori Rustam Ramzovich hamda prorektor Sherzod Aktamov va Farxod Akramovlar mazkur yutuqlar talaba-yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan intilishi, izlanishlari va mehnati samarasi ekanligi alohida e’tirof etishdi.
UDEA jamoasi nomidan stipendiya sohibalarini ushbu yuksak natijalar bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

