Raqamli
iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida o‘quv yilining ikkinchi
yarmida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, bellashuv va sport
musobaqalarida faol ishtirok etgan talaba-yoshlar taqdirlandi.
Talabalar nafaqat bilim va salohiyatlarini, balki
tashabbuskorlik, ijodkorlik va jamoaviy ruhlarini ham namoyish etdilar. Musobaqalar
davomida ular bilim, sport va ma’naviyat sohalarida o‘zlarini sinab ko‘rish
imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng faol va muvaffaqiyatli
talabalar universitet rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari
bilan taqdirlandilar. Mazkur tadbirlar yoshlarni har tomonlama rivojlantirish,
ularni jamoaviy ish va sportga jalb etish, hamda ma’naviy-ma’rifiy saviyasini
oshirishga xizmat qilmoqda.
UDEA yoshlarining faolligi va yutuqlari
universitetimiz uchun faxr manbai hisoblanadi.