
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida talaba-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “UDEA malikasi – 2026” ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada, ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas lahzalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining bilimlari, ijodkorligi, sahnadagi mahorati hamda ichki va tashqi go‘zalliklarini namoyon etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar:
“SAHNA YULDUZI” — Zokirova Mavluda
“ZAKOVAT MALIKASI” — Ziyayeva Aziza
“ENG ZUKKO FIKR EGASI” — Jalilova Nozima
“QALB MALIKASI” — Ermatova Marjona
“ILHOM MALIKASI” — Axmedova Kamola
“ENG KREATIV ISHTIROKCHI” — Rahmonova Feride
“MISS UDEA – 2026” — Meymonova Ruxshona
Mazkur tanlov talaba-qizlarning iqtidorini namoyon etish, ularning faolligini oshirish hamda har tomonlama rivojlangan, bilimli va ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.







