
So‘nggi yillarda xalqaro
moliyaviy standartlarni chuqur o‘rganish va amaliyotga joriy etish bank tizimi
uchun muhim ustuvor vazifaga aylandi. Shu maqsadda UDEA tomonidan IFRS 9 standarti
bo‘yicha respublikaning turli hududlarida professional o‘quv seminarlarining
keng ko‘lamli seriyasi tashkil etildi.
Respublikamiz barcha
viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan ushbu seminarlar
moliya va bank sohasi mutaxassislari uchun tajriba almashish, bilimlarni
chuqurlashtirish va real ish jarayonlariga yaqin yondashuv asosida o‘rganish
imkonini berdi.
Nazariya va amaliyot - yagona
platformada
Seminar mashg‘ulotlari nazariy
bilimlar bilan cheklanib qolmasdan, real bank amaliyotiga asoslangan keyslar va
misollar bilan boyitildi. Ishtirokchilar kredit risklarini baholash,
kutilayotgan kredit yo‘qotishlari (ECL) modeli, kredit portfeli tahlili hamda
IFRS 9 talablarining bank faoliyatiga ta’siri bo‘yicha amaliy tushunchalarga
ega bo‘ldilar.
Murakkab moliyaviy
tushunchalar sodda va tushunarli tilda izohlanib, xalqaro talablarni mahalliy
bank tizimiga moslashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Bu esa
ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash bilan birga, asosli va
sifatli moliyaviy qarorlar qabul qilishiga xizmat qiladi.
Real ish jarayonlariga
moslashtirilgan yondashuv
Mashg‘ulotlar davomida
risklarni to‘g‘ri baholash, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va xalqaro
standartlarni kundalik ish faoliyatiga samarali tatbiq etish masalalariga
alohida e’tibor qaratildi. Treninglar real ish jarayonlariga moslashtirilgan
yondashuv asosida olib borilib, ishtirokchilarda IFRS 9 standartiga nisbatan
aniq va tizimli tushuncha shakllantirdi.
Bilim hududlarda - natija
amaliyotda
Hududlarda tashkil etilgan
ushbu seminarlar IFRS 9 standartining mazmunini chuqurroq anglash, bank
xodimlarining professional salohiyatini oshirish va xalqaro moliyaviy
talablarga moslashuvni tezlashtirishga xizmat qiladi.
UDEA - Biz yorqin kelajakka
yo‘llanma beramiz!



