UDEA yuqori natijalarga erishgan abituriyentlar uchun maxsus “Universitet stipendiyasi” dasturini taklif etadi. Bu stipendiyalar talabalar uchun moddiy rag‘bat bo‘lib, ularning o‘qish xarajatlarini qoplashga yordam beradi.
Quyidagi jadvalda stipendiya miqdori abituriyentlarning kirish imtihonlaridagi (IELTS, CEFR, CUET, DTM) natijalari asosida belgilanadi:
Universitet stipendiyasi dasturi
TEFL (Teaching English as a Foreign Language) dasturiga qabul qilinayotgan talabalar uchun ham CEFR yoki IELTS ko‘rsatkichlariga qarab maxsus chegirmalar taqdim etiladi. Bu chegirmalar yuqori ball to‘plaganlarga qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
– Chegirmalar birinchi o‘quv yili uchun amal qiladi.
– Chegirma olgan talabalar “Universitet stipendiyasi” dasturida ishtirok eta olmaydi.
– CUET – IELTS sertifikatiga ega bo‘lmagan nomzodlar uchun Coventry universitetining ichki imtihoni hisoblanadi.
UDEA universitetining magistratura bosqichida tahsil olishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun bir qator moliyaviy imtiyozlar joriy etilgan. Jumladаn, quyidagi imkoniyatlar mavjud:
Magistratura dasturlarimiz zamonaviy yondashuv, amaliy ko‘nikmalar va xalqaro standartlarga mos shakllantirilgan bo‘lib, bitiruvchilarga ichki va tashqi mehnat bozorida yuqori raqobatbardoshlikni ta’minlaydi.
Zamonaviy va xalqaro e’tirof etilgan ta’limni tanlang — UDEA sizni kutmoqda!