UDEA

Biz kimmiz?

Xalqaro aloqalar bo'limi

Xalqaro aloqalar boʻlimi Universitetning xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik va oʻzaro aloqalarini taʼminlash bilan bogʻliq keng koʻlamli masalalar va vazifalarni hal qiladi. U turli mamlakatlarning madaniy markazlari, konsulliklari va elchixonalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, chet ellik talabalarni jalb etish va Universitet nufuzini oshirish maqsadida doimiy aloqada bo‘lib turadi. Mazkur bo‘lim Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetining tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, oʻz saʼy-harakatlarini xalqaro aloqalarni kengaytirishga qaratadi, bu Universitetning asosiy faoliyati yoʻnalishlaridan biridir.

Boʻlimning asosiy vazifalari:

Xalqaro hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va aloqalarini kengaytirish, xorijiy universitetlar va ilmiy tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, xalqaro konferensiya va tadbirlarda ishtirok etish.

Universitet va xorijiy hamkorlar oʻrtasida xalqaro ilmiy va taʼlim faoliyati, professor-oʻqituvchilar va talabalarning akademik almashinuvi yoʻnalishlari boʻyicha shartnoma va kelishuvlarni amalga oshirish va nazorat qilish.

Xalqaro akademik dasturlarini amalga oshirish va Universitetning akademik obro‘sini ko‘tarish.

– Ikki diplomli dasturlarni, akademik almashinuvlarni va amaliyotlarni tashkillashtirish.

– Universitet boʻlimlariga xorijiy grantlar olish va shartnomalar tuzishda yordam berish.

– Universitet xodimlarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safarlariga borishi uchun viza olish va hujjatlarni rasmiylashtirish;

– O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi orqali xorijiy oliy o‘quv yurtlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasiga viza olishda ko‘maklashish.

– Xorijiy delegatsiyalarni qabul qilish, xalqaro konferensiyalar, ko‘rgazmalar, forumlar, ilmiy loyihalarni tashkil etish va ularda ishtirok etish.

– Universitetning xalqaro faoliyati bo‘yicha axborot, ma’lumotnoma va hisobot materiallarini tayyorlash.

– Chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun o‘qishga taklifnomalarni rasmiylashirish.

– Universitet uchun xalqaro hamkorlik bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish.

– Xalqaro grantlar, loyihalar va tanlovlar (shu jumladan, boshqa mamlakatlar Universitetlari va institutlari bilan hamkorlikda) haqida ma’lumot to‘plash va tegishli mas’ullarga yetkazish.