
30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti barcha talaba-yoshlarni ushbu bayram bilan samimiy tabriklaydi.
Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning buguni va kelajagi, mamlakat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Ularning bilimga intilishi, tashabbuskorligi, izlanuvchanligi va yuksak maqsadlari yurtimiz ravnaqi hamda jamiyat taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi.
Universitet jamoasi yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi hamda o‘z iste’dodini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratishda davom etadi.
Aziz yoshlar, doimo yuksak marralarni ko‘zlang, ilm olishdan to‘xtamang, Vatan ravnaqi yo‘lida o‘z bilim va salohiyatingizni namoyon eting. Har bir yutug‘ingiz nafaqat shaxsiy muvaffaqiyatingiz, balki mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissadir.
Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz g‘ayrat, ulkan muvaffaqiyatlar va porloq kelajak tilaymiz!


