28-avgust kuni “Dolzarb 90 kun” doirasida Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetining 50 nafar talaba-yoshlari, professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.
Tashrif davomida ishtirokchilar markazning boy ekspozitsiyasi bilan yaqindan tanishib, islom sivilizatsiyasining shakllanishi va rivojlanishi, ajdodlarimizning ilm-fan, ta’lim, madaniyat va ma’naviyat taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, ekskursiya davomida tarixiy merosimizni asrab-avaylash, ajdodlarimizning ilmiy va ma’naviy boyliklarini chuqur o‘rganish hamda ularni kelajak avlodga yetkazishning ahamiyati haqida fikr almashildi.
Mazkur ma’rifiy tashrif ishtirokchilarning tarixiy bilimlarini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish va milliy-ma’naviy merosimizga bo‘lgan hurmatini yanada oshirishga xizmat qildi.
Ajdodlar merosini anglash — bugungi kunni qadrlash va kelajakni bunyod etish demakdir!




