“Yoshlar kuni” munosabati bilan UDEA hamda MDIST talabalari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha do‘stona kuch sinashish musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqa universitet Talabalar kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilib, undan ko‘zlangan maqsad yoshlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, intellektual sport turlarini rivojlantirish hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdan iborat bo‘ldi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyish etib, g‘alaba uchun munosib kurash olib bordilar. Musobaqa yakunida faol ishtirok etgan talabalar alohida e’tirof etildi.
Bunday uchrashuvlar talaba-yoshlar o‘rtasida hamkorlik, do‘stlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.