
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan talabalar o‘rtasida bouling chempionati tashkil etildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z mahorati, aniqligi va chaqqonligini namoyon etib, qizg‘in va qiziqarli bellashuvlarda ishtirok etdilar. Barcha o‘yinlar do‘stona muhit va sog‘lom raqobat ruhida o‘tdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — “AIF” jamoasi
2-o‘rin — “Armada” jamoasi
3-o‘rin — “Agrostar” jamoasi
Mazkur chempionat talaba-yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda jamoaviylikni mustahkamlashga xizmat qildi.







