
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti talabalari 12–25-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin va Hangzhou shaharlarida tashkil etilgan xalqaro yozgi dasturda ishtirok etib kelishdi.
Dastur davomida talabalar Xitoyning tarixiy, madaniy va innovatsion salohiyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ular Great Wall of China, Forbidden City hamda Summer Palace kabi mashhur tarixiy obidalarga tashrif buyurishdi.
Shuningdek, talabalar Xiaomi Hyperfactory ishlab chiqarish majmuasi, Unitree Robotics, Alibaba Group va ByteDance faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Dastur doirasida Xitoy madaniyatiga bag‘ishlangan kalligrafiya, jang san’atlari va milliy taomlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ham ishtirok etdilar.
Bundan tashqari, Zhejiang University hamda China National Tea Museumga tashrif buyurilib, innovatsiyalar, aqlli shaharlar va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishlarida mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar tinglandi.
Mazkur xalqaro yozgi dastur talabalar uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, xalqaro tajriba orttirish hamda xorijiy hamkorlar bilan akademik va madaniy aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.










