
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” bahslari tashkil etildi.
Musobaqa davomida jamoalar o‘zaro raqobatlashib, yuqori darajadagi texnik mahorat, taktik yondashuv hamda jamoaviy o‘yin namunasini ko‘rsatdilar. Uchrashuvlar keskin va murosasiz ruhda o‘tib, tomoshabinlarga qiziqarli sport bellashuvlarini taqdim etdi.
Mazkur musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, futbol sport turiga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda jamoaviylik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.


