
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida “Student Fest” festivali doirasida tashkil etilgan PES kibersport turniri qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda yakunlandi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va o‘yin mahoratlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Biznes fakulteti talabasi Inomjonov Dilbek barcha raqiblaridan ustun kelib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olibni samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! G‘olibni Yangi yil arafasida tashkil etiladigan bayram tadbirida taqdirlash rejalashtirilgan.
“Student Fest” — talabalar iste’dodi, mahorati va salohiyatini namoyon etish uchun muhim imkoniyat!



