
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida “Student Fest” festivali doirasida talabalar o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual bellashuvi tashkil etildi.
Bellashuv davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishlarga oid qiziqarli savollarga javob berib, o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyati va tezkor qaror qabul qilish mahoratini namoyon etdilar. Shuningdek, jamoaviy hamkorlik va o‘zaro fikr almashish jarayoni musobaqaning yanada qizg‘in va mazmunli o‘tishiga xizmat qildi.
Do‘stona raqobat va qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan tadbir talabalarning intellektual salohiyatini namoyon etish, bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratildi.
“Zakovat Quiz” bellashuvi yoshlarning bilim va tafakkurini rivojlantirish, intellektual faolligini oshirish hamda yangi g‘oyalar sari rag‘batlantirishga xizmat qiluvchi tadbirlardan biri bo‘ldi.