
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida “Student Fest” festivali doirasida talabalar o‘rtasida “Music Quiz” musiqiy bellashuvi tashkil etildi.
Ko‘tarinki kayfiyat va do‘stona raqobat muhitida o‘tgan bellashuv davomida ishtirokchilar kuy va qo‘shiqlarni tanish, musiqiy bilim hamda tezkor fikrlash borasidagi mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Talabalar musobaqada yuqori faollik va qiziqish bilan ishtirok etib, o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Bellashuv yakunlariga ko‘ra, “Subyektiv” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoani Yangi yil arafasida tashkil etiladigan bayram tadbirida taqdirlash rejalashtirilgan.
G‘olib jamoani muborakbod etamiz va barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildiramiz.
“Music Quiz” bellashuvi talabalar o‘rtasida ijodiy muhitni rivojlantirish, musiqaga bo‘lgan qiziqishni oshirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.





