
Xitoyda davom etayotgan xalqaro akademik tashrif doirasida Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (UDEA) delegatsiyasi uchun mamlakatning tarixiy va madaniy maskanlariga ekskursiyalar tashkil etildi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Buyuk Xitoy devori va Imperatorlar saroyi kabi mashhur tarixiy obidalarda bo‘lib, Xitoyning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniy merosi hamda noyob me’moriy yodgorliklari bilan yaqindan tanishdilar.
Ekskursiyalar ishtirokchilarga Xitoyning tarixiy taraqqiyoti, milliy qadriyatlari va madaniy merosi haqida bilimlarini kengaytirish, yangi ma’lumotlarga ega bo‘lish hamda mamlakatning tarixiy muhitini bevosita his etish imkonini berdi.
Akademik bilimlarni madaniy tajriba bilan uyg‘unlashtirgan mazkur tashrif UDEA delegatsiyasi a’zolarining dunyoqarashini kengaytirish va xalqaro tajribasini boyitishga xizmat qilmoqda.





