
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti talabalari uchun Adiblar xiyoboniga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida talabalar ochiq havoda hordiq chiqarish bilan bir qatorda, turli sport o‘yinlarida ham faol ishtirok etdilar.
Tadbir jarayonida yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi va jismoniy faollikka intilishi yaqqol namoyon bo‘ldi. Samimiy suhbatlar davomida talabalar o‘zlari qiziqadigan va muntazam shug‘ullanib kelayotgan sport turlari haqida fikr almashdilar.
Birgalikda tashkil etilgan sport o‘yinlari talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, jamoaviylik ruhini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga xizmat qildi.
Mazkur sayohat talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligini oshirish va o‘zaro hamjihatligini mustahkamlashga qaratildi.





