
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida yangi o‘quv yilining ilk kunlari ko‘tarinki kayfiyat, yangi maqsadlar va katta rejalar bilan boshlandi.
Talabalar universitetdagi odatiy o‘quv jarayonlariga qaytib, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashga kirishdilar. O‘quv mashg‘ulotlari davomida ularning bilim salohiyatini oshirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelajakdagi faoliyatlari uchun zarur bilimlarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlari bilan bir qatorda, talabalarning vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, mustaqillikning mazmun-mohiyati va qadr-qimmatini chuqur anglashga qaratilgan Mustaqillik darslari ham tashkil etildi.
Yangi o‘quv yili talabalar uchun yangi bilimlar, keng imkoniyatlar va yangi marralar sari muhim qadam bo‘lib, UDEAda ta’lim va rivojlanish yo‘lidagi navbatdagi bosqichni boshlab berdi.




