
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Rossiyaning Sibir Federal universiteti tomonidan tashkil etilgan “Yozgi universitet–2026” xalqaro ta’lim loyihasida faol ishtirok etib kelishdi.
Mazkur loyiha dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan iqtidorli talabalarni bir maydonga jamlab, ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar va madaniyat sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Dastur doirasida talabalar:
“Raqamli texnologiyalar” yo‘nalishida o‘z innovatsion loyihalarini taqdim etdilar;
xalqaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar;
xorijlik tengdoshlari bilan ilmiy va madaniy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydilar;
zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada boyitdilar.
“Yozgi universitet–2026” loyihasi talabalar uchun xalqaro tajriba orttirish, yangi g‘oyalarni shakllantirish hamda ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, mazkur loyiha ularning kelgusidagi kasbiy va ilmiy faoliyati uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qildi.


