
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida talaba-yoshlarning Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va mustaqillik qadriyatlariga hurmatini oshirish maqsadida Mustaqillik darslari tashkil etildi.
Darslar davomida O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li, istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlarning o‘rni va mas’uliyati haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, mustaqillikning bebaho ne’mat ekani, uni qadrlash, mamlakat ravnaqi va yurt kelajagi uchun munosib hissa qo‘shish har bir yoshning muhim vazifasi ekani ta’kidlandi.
Mustaqillik darslari talabalarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish hamda Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qiladi.



