
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar jismoniy tayyorgarlik, chaqqonlik, tezkorlik va jamoaviy hamjihatlik bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda kechib, har bir jamoa g‘alaba uchun munosib kurash olib bordi.
Mazkur musobaqa yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy salohiyatini oshirish hamda jamoaviylik ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.





