
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Farhod Akramov hamda mas’ul xodimlar ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida talabalarni giyohvand moddalar va ularning zararli oqibatlaridan ogohlantirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda sog‘lom va ijobiy muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarni to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga undash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va xavfsiz turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan qator chora-tadbirlar belgilab olindi.
Mazkur yig‘ilish yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish va ularni turli salbiy illatlardan asrashga xizmat qiladi.



