UDEA

UDEA Korporativ Ittifoq Dasturi

Dastur haqida

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetining korporativ hamkorlik dasturlari, oʻz xodimlarining malakasini oshirish va rivojlantirish dasturlarini autsorsing orqali yaxshilashga intilayotgan korxonalar va davlat tashkilotlari uchun keng qamrovli xizmatlarini taklif qiladi.

UCAP milliy va xalqaro miqyosdagi xodimlarning turli trening ehtiyojlarini qondirish uchun moslashtirilgan paketlarni taklif etadi, bu esa Digital Economics and Agrotechnologies Universiteti (UDEA) ning keng akademik va professional tajribasidan foydalanadi.

Dastur maqsadlari

Xodimlarni korporativ o‘qitish va malaskasini oshirish bo‘yicha kompleks dasturlarni taklif etadi.

Mahalliy va xorijiy standartlarga, shuningdek, kompaniyaga maqsadlariga moslashtirilgan hamda kengaytirilgan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish.

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetining malakali professor-o‘qituvchilari tajribasi hamda ilg‘or raqamli platformalardan foydalangan holda, yuqori sifatli seminar-treninglar tashkillashtirish.

Xodimlar malakasini oshirish hamda tashkiliy rivojlantiradigan uzoq muddatli hamkorlikni o‘rnatish.

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti korporativ dasturlarining afzalliklari:

1

Moslashtirilgan o‘quv rejasi

Maxsus ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari korporativ hamkorning aniq strategik maqsadlari va talablariga to‘liq mos kelishi.

2

Moslashuvchan ta’lim usullari

Tinglovchilarning xoxish va istaklariga asosan ta’lim jarayonlari jonli, masofaviy yoki aralash formatda tashkil etish.

3

Uzluksiz ta’lim jarayonlari

Xodimlarning boshlang‘ich darajadan boshqaruv darajasigacha bo‘lgan malakalarini rivojlantirish yo‘llarini belgilash.

4

Baholash va sertifikatlash

O‘zlashtirilgan bilimlarni aniqlashda keng qamrovli baholash tizimi va vositalari qo‘llaniladi va yakuniy natijalar bo‘yicha Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti tomonidan tegishli namundagi sertifikat taqdim etiladi.

5

Davlat hamda xorijiy ta’lim standartlariga muvofiqligi

O‘quv materiallari va darslari Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan muntazam ravishda takomillashtirilib, eng so‘nggi tendensiya va texnologik yutuqlarga moslashtiriladi.

6

Yuqori malakali professor-o‘qituvchilar

Kurslar tajribali akademiklar va soha mutaxassislaridan iborat turli professional jamoa tomonidan olib boriladi.

7

Hamkorlik va aloqa munosabatlari

Muvofiqlikni nazorat qilish va rivojlantirish markazi, dastur ishtirokchilari hamda tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tadqiqot

Individual tadqiqot ishlari

Agrobiznes, injeneriya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va biznes sohalarini qamrab olgan ko‘p tarmoqli professional mutaxassislar jamoasi bilan agrotexnologiya sohasidagi muammolarga yechim topishda hamda zamonaviy va texnologik imkoniyatlardan foydalanishda keng qamrovli ilmiy qo‘llab-quvvatlashda o‘z xizmatlarimizni taqdim etamiz.

Xalqaro konferensiya

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti bilan hamkorlikda agrotexnologiyalar sohasida xalqaro konferensiyalar tashkil etish bu – qishloq xo‘jaligi sohasini innovatsion rivojlantirishda hissa qo‘shish hamda xalqaro jamiyatni jalb qilishda noyob imkoniyatdir.

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti trening dasturlari

Asosiy ta’lim moduli Ishga qabul qilingan xodimlar uchun boshlangi‘ch ko‘nikmalarni taqdim etuvchi dastur.

Ilg‘or kasbiy rivojlanish (APD) —xodimlar uchun kasbiy, liderlik va boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan maxsus kurslar va seminar-treninglar.

Rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish dasturlari

Rahbarlar xodimlar uchun strategik maqsadlarga erishishga qaratilgan seminar va soha mutaxassislari bilan o‘tkaziladigan anjumanlarni tashkillashtirish bo‘yicha maxsus dasturlarni taqdim etadi.

Xalqaro tajriba almashinuvi

Xodimlar uchun xalqaro o‘quv dasturlarida ishtirok etish va hamkor oliy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilot yetakchilari bilan tajriba almashish imkoniyatini taqdim etadi.

Ijtimoiy dasturlarda ishtirok

DAAD (Germaniya Akademiklar Almashinuvi Xizmati) tashkilotining “Go East Summer Schools” dasturi doirasida “O‘zbekistonda barqaror agrobiznes” mavzusida “Yozgi maktab”

Talabalar konferensiyasi a’zolari

Yirik kompaniya va tashkilotlarda amaliyot oʻtash (stajirovka)

Aqlli qishloq xo‘jaligi” tanlovi (loyihasi) da homiylik

Talabalar uchun stipendiya va grantlar

Batafsil ma’lumot uchun biz bilan bog’laning