2023-yil, 7-dekabrda Raqamli Iqtisodiyot va Agrotexnologiyalar universitetida interaktiv va intellektual savollarga boy bo‘lgan Viktorina tadbiri muvaffaqiyatli tashkil qilindi. | UDEA

2023-yil, 7-dekabrda Raqamli Iqtisodiyot va Agrotexnologiyalar universitetida interaktiv va intellektual savollarga boy bo‘lgan Viktorina tadbiri muvaffaqiyatli tashkil qilindi.

🎯 Viktorina savollari ishtirokchilarning ingliz tili bo‘yicha quvnoq fakt, kinofilm, qiziqarli topishmoq va boshqotirmalar orqali ularning mantiqiy fikrlashlarini test qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan edi. Ushbu tadbir nafaqat talabalarning bilim va ko‘nikmalarini sinash, balki, talabalarning o‘zaro do‘stona va foydali aloqalar o‘rnatishi uchun vosita bo‘lib xizmat qildi.

💡 Ushbu tadbir talabalarni bilim olish va yangiliklarni kashf qilishga bo‘lgan rag‘batlarini oshirish hamda universitet ijtimoiy hayotini yaxshilash yo‘lida muhim vosita sifatida xizmat qildi.