🏆 “ICA” shu kunga qadar 160 000 dan ziyod kadrlarni qayta tayyorlagan, Buyuk Britaniya, BAA, Singapur, Malayziya, Xitoy kabi davlatlarda o‘z ofislariga ega bo‘lgan, global tartibga solish va moliyaviy jinoyatlarni nazorat qilish hamjamiyatida professional tashkilot hisoblanadi.
💼Kurs bank sektori xodimlari uchun moʻljallangan boʻlib, bunda ishtirokchilarni sanktsiyalar xavf-xatari, pul yuvish, yuqori darajadagi tekshiruv, maʼlumotlarni yigʻish, soliq toʻlashdan boʻyin tovlash va mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarga oid bilim va koʻnikmalarni berishga qaratilgan.
😇 Ushbu hamkorlik orqali, UDEA bank sektorida oʻsish, innovatsiyalar va mukammallikni qoʻllab-quvvatlovchi dinamik o‘quv muhitini yaratishni maqsad qilgan.