2023-yil 30-noyabr kuni Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti va Vengriyaning Debretsen universiteti o‘rtasida 2023-yil 20-fevralda imzolangan anglashuv memorandumida belgilangan tadbirlar doirasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. | UDEA

2023-yil 30-noyabr kuni Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti va Vengriyaning Debretsen universiteti o‘rtasida 2023-yil 20-fevralda imzolangan anglashuv memorandumida belgilangan tadbirlar doirasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🎖Debretsen universiteti 120 mamlakatdan 6300 nafar xalqaro talabalar ega bo‘lgan, yuqori darajadagi ta’lim va akademik tajribaga ega universitet hisoblanadi.

🗯 Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish rejasini muhokama qilib, talabalar va xodimlar almashinuvi dasturlari bilan bog‘liq turli dasturlarga hamda qo‘shma loyihalar va konferensiyalar tashkil etishga alohida e’tibor qaratdilar.

🎯 Universitetlar akademik tajribani oshirish hamda ta’lim sohasidagi global hamkorlikni rivojlantirish borasida turli xil kelishuvlarga erishishdi.