2023-yil, 24-noyabr kuni Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida futbol klublari buxgalteriya hisobi bo‘yicha tadqiqot va tahlilga asoslangan tanlov bo‘lib o‘tdi. | UDEA

2023-yil, 24-noyabr kuni Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida futbol klublari buxgalteriya hisobi bo‘yicha tadqiqot va tahlilga asoslangan tanlov bo‘lib o‘tdi.

⚽️Tadqiqot va tahlilga bag‘ishlangan ushbu tanlovda talabalarga kichik jamoa tarzida shakllanib, o‘zlari uchun sevimli bo‘lgan futbol klubining moliyaviy holati, qo‘llaydigan hisob usuli, o‘yinchilarning amortizatsiya hisobi, eng yirik aktivlari, daromad va xarajatlarni boshqarish usullari haqida kichik tadqiqot o‘tkazgan holda maʼlumotlar to‘plash va tahlil qilish hamda uni hakamlar hayʼatiga taqdimot qilib berish vazifasi yuklatildi.

🏆 Ushbu noodatiy mavzuda bo‘lib o‘tgan tanlovda har bir jamoa g‘oliblik uchun qattiq kurashdi. Va bu o‘z navbatida hakamlar hayʼatining tanlov jarayoni yana-da murakkablashtirdi. Tadbir so‘ngida eʼtiroflarga sabab bo‘lgan «Liverpul» jamoasining taqdimoti hakamlar tomonidan yuqori baholandi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Barcha ishtirokchilar universitet tomonidan esdalik sovg‘alari va sertifikat bilan taqdirlandilar.