Uzoq viloyatlardan kelib bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarninig turar joy bo‘yicha murojaatlarini qondirish maqsadida 2024-yil, sentabr oyining 8-sanasidan 16-sanasiga qadar Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Boshliq dahasi 21-A uyda joylashgan “Dragon” (94 talaba) va Qushbegi 30-B uyda joylashgan “Sulton” (13 talaba) mehmonxonalariga jami 107 talaba joylashtirildi, ulardan:
Bo‘lim uhniversitetning yuridik va hisob-kitob bo‘limlari bilan hamkorlikda talabalarnig mehmonxonaga joylashuvi bo‘yicha shartnomalarni tuzish va to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish va ularni hisobotlarini tayyorlash kabi ishlarni bajarib kelmoqda.
Boʻlim tashabbusi bilan, universitetning mexnat muxofazasi va texnika xavfsizligi muxandisi M.A. Karakulov, universitet hamshirasi Z. Yo‘lchieva, xaridlar bo‘limi D. Axrorova, elektirik T. Zinnurov ishtirokida yotoqxonadagi shart-sharoitlarni o‘rganish uchun mehminxonaga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalar bilan uchrashib ba’zi xonalardagi kamchiliklar aniqlandi va ularni bartaraf etish uchun universitetning xo‘jalik ishlari bo‘limi va mehmonxona hamkorligida ish tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar talabalar murojaatlari bo‘yicha kamchiliklar bartaraf etib borilmoqda.
Mehmonxonada yashayotgan talabalar uchun, 2024-yil, oktabr oyining 7-sanasida, boʻlim tomonidan universitetning katta majlislar zalida universitet yuriskonsulti, mexnat muxofazasi va texnika xavfsizligi muxandisi M.A. Karakulov, universiter hamshirasi Z. Yo‘lchieva ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda, talabalarga mehmonxona tartib-qoidalari, ularnig huquq va majburiyatlari hamda boshqa tegishli yo‘riqnomalar bilan tanisihtirib o‘tildi.
Jumladan, M.A. Karakulov bino ichida yong‘in sodir bo‘lganida qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish kerakligi to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi. Tibbiyot xodimi mehmonxonada xonalarning sanitar-gigiyenik holati, xonani tozaligini taʼminlash masalalarida talabalarga tushuntirish va kerakli maslahatlarni berib o‘tdi. Universitet yuriskonsulti talabalarga mehmonxona uchun shartnomada belgilangan toʻlovlarni o‘z vaqtida amalga oshirib borishlari kerakligini eslatib o‘tdi.
Ijarada yashovchi talabalar blan ishlash yuzasidan: Talabalarning xususiy xonadonlarda ijarada yashashi uchun dastlabki yuridik maslahatlar berildi jumladan, ijara shartnomalarni tuzish va to‘lovlarni amalga oshirish tartiblari tushuntirildi. Ijarada istiqomat qilayotgan talabalar ro‘yxati shakillantirib borilmiqda, hozirgi kunda universitetning Biznes fakultetidan 27 (talaba qizlar-10ta, taba yigitlar-17ta) talaba ijara shartnomasini taqdim qildi. Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi muxandisi bilan birga ijaraga berilgan xonadonlarning shart-sharoitlari, xavfsizligi o‘rganib borilmoqda. Ijarada yashovchi fakultet talabalarining ijara shartnomasi bo’yicha hisob-kitob va yuridik bo‘limlar bilan birgalikda har oyning 25-sanasida hisobot tayyorlab borilmoqda.
Talabalar turar joylarida, ijarada, yaqin qarindoshinikida va shaxsiy xonadonda yashovchi talabalarning umumiy elektron ma’lumotlar bazasi shakillantirilmoqda.